2026-yil 30-aprel kuni “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialida fuqaro muhofazasi tizilmalari xodimlarining zilzila vaqtida harakat qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda malakasini oshirish maqsadida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulot “Zilzila oqibatida yuzaga kelgan avariya (talofat)larni bartaraf etish uchun filialning fuqaro muhofazasi tizilmalari hamda favqulodda vaziyatlar quyi tizimi xizmatlarining kuch va vositalari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida o‘tkazildi.
🏅 O‘quv mashg‘ulotida faol qatnashgan 40 nafar ishtirokchi korxona tomonidan faxriy yorliqlar hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida filial boshqaruvchi direktori S.M. Jumaniyazov faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.
👏 Bunday mashg‘ulotlar favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: