“O‘zeltexsanoat” uyushmasida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkil etildi.

Kuni kecha “O‘zeltexsanoat” uyushmasida boshlang‘ich kasaba uyushmasining ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashkiliy ishlar bo’limi mudiri Ilhomjon Kamolov olib bordi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o’rinbosari Bahodir Sultonov mehmon sifatida ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlash hamda xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkil etildi.
Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra, Sirojiddin Buriyev boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib bir ovozdan saylandi. Shuningdek, uch kishidan iborat qo‘mita tarkibi shakllantirildi.
Mazkur tashkilot uyushma xodimlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy masalalarni tizimli hal etish va jamoaviy hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email