“Toshkent Metallurgiya zavodi” AJda Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Toshkent Metallurgiya zavodi” AJda tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda “O‘zmetmashsanoat” kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi T.S. Usmonov, Toshkent shahar kasaba uyushmalari Kengashi raisi S.N. Ahmedov hamda poytaxtdagi yirik kasaba uyushma tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tashkil etilgan sport musobaqalarida ishtirok etgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda faol qatnashgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga “O‘zmetmashsanoat” kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, Toshkent shahar kasaba uyushmalari Kengashi va korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi nomidan diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tadbir kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviy hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bayram tadbiri ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Print Friendly, PDF & Email