O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi bayram tadbirlari doirasida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 05-mart kungi 17-22-“s”-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,«UzAuto Motors» AJ Xorazm viloyati filialida «Navro‘z» umumxalq bayramiga bag‘ishlab Korxona ma’muriyati, Kasaba uyushma qo‘mitasi va «Yoshlar ittifoqi» boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan bo‘lim,bo‘linma va sexlar sport jamoalari o‘rtasida sportning, mini futbol, arqon tortish, tosh ko‘tarish, shaxmat, shashka, yugurish, turnik tortinish, stol tennisi va ayollar o‘rtasida yugurish, shashka, darts, disk uloqtirish turlari bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.
Sport musobaqasi g‘oliblari va xakamlar kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Filial boshqaruvchi direktori S.M.Jumaniyazov, Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi K.R.Ibadullayevlar sport musobaqasi xakamlariga va g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alarni topshirdilar. Shuningdek filialimizda bayram munosabati bilan ishchi-xizmatchilarimiz «Navro‘z» bayramining asosiy taomlaridan sumalak taomini tayyorlashdi
«UzAuto Motors» AJ Xorazm viloyati filialida «Navro‘z» umumxalq bayramiga bag‘ishlab sport musobaqalari o‘tkazildi.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: