Joriy yilning 4 iyun kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida, oila kuniga bag’ishlangan «Family Day» bayram tadbiri o’tkazildi.Tadbirda harbiy texnika qurol aslahalari namoyishi, sirk artistlari, hamda qo’g’irchoq teatri namoyishlari bo’lib o’tdi. Bolalar Universitet favvoralari oldida sayr qilib, velosiped saylida faol ishtirok etishdi, kelganlarga muzqaymoq tarqatildi. Bo’lib o’tgan oilaviy musobaqa g’oliblari esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Oila kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbir, universitet xodimlari farzandlari, nevaralari o’rtasida ham do’stona munosabatlar o’rnatilishiga xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash davr talabi. Farzandlarimizning nafaqat jismonan, balki ma’nan sog’lom bo’lishlarida bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: