TTPU magistranti xalqaro tanlovda oltin medalni qo‘lga kiritdi!

2026-yil 30-iyun – 4-iyul kunlari 🇨🇳Xitoyning Guanchjou shahrida Umumxitoy kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “CICA Skills 2026” xalqaro kasbiy mahorat tanlovi o‘tkazildi.
“Trust & Skills, Craft Our Future” shiori ostida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 23 dan ortiq davlatidan iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Tanlov uchta asosiy yo‘nalishda o‘tkazildi:
✈️ Uchuvchisiz uchish apparatlarini yig‘ish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish
🧱 G‘isht terish
⚡️ Yuqori kuchlanishli kabellarni aqlli tekshirish va ta’mirlash

Ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etish uchun O’zbekiston Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan aynan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti magistranti Dilmurod Rustamovning nomzodi tavsiya etildi. Dilmurod Rustamov uchuvchisiz uchish apparatlarini yig‘ish, sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida yuqori natija qayd etib, faxrli
1-o‘rinni egalladi hamda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Print Friendly, PDF & Email