PREZIDENT MAKTUBI — YOŞ AVLOD UÇUN HAYOTIY SABOQ VA EZGU NASIHATLAR.

“UzChasys” korxonasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yöllagan samimiy maktubi mazmun-mohiyati va unda ilgari surilgan ezgu ğoyalarni keng jamoatchilikka yetkazishga bağishlangan yiğilish bölib ötdi.
Unda korxona rahbariyati, mas’ul xodimlar hamda mehnat jamoasi vakillari ishtirok etdilar.
Yiğilish davomida prezidentning Iordaniyaga amalga oshirgan safari çoğida nabirasiga yöllagan maktubida ilgari surilgan hayotiy xulosalar, ezgu ğoyalar va tarbiyaviy ahamiyatga ega nasihatlar atrofliça muhokama qilindi.
Maktubda yosh avlodning kelajagi, ularning bilimli, ma’rifatli, mustaqil fikrlaydigan va vatanparvar insonlar bölib voyaga yetishi, mamlakat ravnaqiga munosib hissa qöshishi kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Şuningdek, ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosiga munosib voris bölish, ilm olishga intilish, vaqtni qadrlash, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektdan oqilona foydalanish, har qanday vaziyatda sabr-toqat va qat’iyat bilan harakat qilish zarurligi ta’kidlangan.
Tadbirda maktubda bayon etilgan fikrlar nafaqat yoshlar, balki har bir inson uchun muhim hayotiy saboq ekanligi qayd etildi. ayniqsa, korxonamizda faoliyat yuritayotgan har bir xodimning öz kasbiga mas’uliyat bilan yondashishi, doimiy ravishda bilim va malakasini oshirishi, mehnat intizomiga rioya qilishi hamda vatan ravnaqiga munosib hissa qöshishi muhimligi ta’kidlandi.
Zero, yurt kelajagi — bilimli, ma’rifatli, soğlom fikrlaydigan, öz oldiga yuksak maqsadlar qöygan va ularga erishish yölida tinimsiz mehnat qiladigan yoshlar qölida!
✨ Vatanga muhabbat, ilmga intilish va halol mehnat — yangi Özbekiston taraqqiyotining muhim mezonidir!

Print Friendly, PDF & Email