«UzAuto Motors» AJ Xorazm filialida faol xodimlar munosib taqdirlandi.

2026-yil 11-noyabr kuni «UzAuto Motors» AJ Xorazm viloyati filialida 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir doirasida filialda samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan faol xodimlar hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasining shtatdagi xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof xodimlarning fidokorona mehnati, kasbiy mas’uliyati hamda kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasini qadrlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratildi.
Bunday e’tibor va rag‘batlantirish tadbirlari mehnat jamoasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, xodimlarning kasbiy faolligi va mehnatga bo‘lgan rag‘batini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email