«SamAuto» MCHJ XKda yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, ularning dunyoqarashi va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida avtobuslarni yig‘ish sexining yoshlar yetakchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan maktubining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Muloqot jarayonida maktubda ilgari surilgan ilm-ma’rifatga intilish, Vatanga sadoqat, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallash, halol mehnat qilish hamda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish kabi muhim hayotiy tamoyillarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mazkur ezgu g‘oyalar va hayotiy saboqlarni korxonaning barcha yosh xodimlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ularni bilim olishga, izlanishga, tashabbuskorlik va mas’uliyat bilan mehnat qilishga undash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Zero, bilimli, vatanparvar, tashabbuskor va mehnatsevar yoshlar — mamlakatimizning buguni va kelajagi, taraqqiyotimizning mustahkam poydevoridir.
Ilm va ma’rifat — taraqqiyot kaliti, yoshlar esa kelajagimiz bunyodkorlaridir!
YOSHLAR E’TIBORIGA — MUHIM HAYOTIY SABOQLAR!

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: