AYOLGA EHTIROM JAMIYATGA EHTIROM

Mamlakatimizda opa-singillarimiz hayotning turli soha va tarmoqlarida erkaklar bilan yonma-yon turib fidokorona mehnat qilib kelishmoqda. “O‘zmetkombinat” AJda ham xotin-qizlar o‘z faoliyatlari bilan oldlariga qo‘yilgan topshiriqlarni bajarib kelishmoqda.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan kombinatda ko‘p yillar munosib mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarni kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan taqdirlanishdi.
Dastlab, tadbir boshlanishida kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Veliullayeva barcha ayollarga samimiy tilaklarini bildirib, kombinat tarkibiy bo‘linmalaridagi jamoa oldilariga qo‘yilgan reja va topshiriqlarni bajarilishida albatta metallurg xotin-qizlarimizning xizmatlari katta ekanligini ta’kidlab o‘tib, barchaganing oilalariga xotirjamlik va hamisha sog‘-salomat bo‘lishlarini tiladi.
Shundan so‘ng e’tibor namunasi sifatida barcha ishtirokchilarga gullar va esdalik sovg‘alari tantanali ravshda topshirildi.
Albatta, ayollar uyda ham, davlat ishlarida ham hamiisha ko‘makdosh bo‘lib kelishgan. Ularning mehnatda faolligi, xonadonlarimizda jonkuyarligi taxsinga loyiq. Munis onaxonlarimizni, lobar opa-singillarimizni bayram bilan qutlab, ularga bahoriy kayfiyat, quvonchu-shodlik, to‘kin-sochinlik, ayollik baxti siz bilan bir umr yo‘ldosh bo‘lishini tilab qolamiz.

Print Friendly, PDF & Email