“Eng yaxshi tokar va payvandchi” kasbiy mahorat tanlovi o‘tkazilmoqda.

Ayni vaqtda Chirchiq shahridagi “Toshkent traktor zavodi” MCHJda 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Eng yaxshi tokar va payvandchi” kasbiy mahorat tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlovda kasaba uyushmasiga a’zo korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan tokar hamda payvandchilar ishtirok etmoqda.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — ishchi kasblarining nufuzini oshirish, malakali mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy mahorat va tajribani namoyon etish uchun imkoniyat yaratishdan iborat.

Print Friendly, PDF & Email