“UzAuto Motors” AJ Xorazm filialida mehnat xavfsizligi holati o‘rganildi.

“UzAuto Motors” AJ Xorazm filialida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
O‘rganish davomida ishlab chiqarish sexlaridagi avtomatik himoya tizimlarining sozligi, xodimlarning maxsus kiyim-bosh va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi, texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda tegishli hujjatlarning yuritilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ish joylaridagi sanitariya-gigiyena sharoitlari, shamollatish va yoritish tizimlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Monitoringdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa va jarohatlanishlarning oldini olish, xodimlar uchun xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini ta’minlashdan iborat.

Print Friendly, PDF & Email