«Metallurg» markaziy o‘yingohi bayramona tus olgan. Tomoshabinlar orasida O‘zbekiston Respublikasi va «O‘zmetkombinat» bayroqlarini qo‘lida tutib hilpirayotganlar yoshlar. Chorlov musiqasi. O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali bayramda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar Kengashi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Aleksandr Farmonov hamda «O‘zmetkombinat» AJ boshqaruv raisi – bosh direktor Rashid Pirmatovlar barcha faxriylarni, metallurglarni hamda butun Bekobod ahlini bayram bilan tabriklab o‘zining samimiy va iliq tilaklarini bildirdilar.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, «O‘zmetkombinat» AJ Kuzatuv kengashi raisi Abdulla Aripovning bekobodlik metallurglarga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tabrik so‘zidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan «Kasaba kubogi — 2022» mini-futbol musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali bayramda «Sohibqiron Amir Temur» sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali bayramda «Bek» doira ansamblining «Doira raqsi» kompozitsiyasi namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali bayramda kombinatimizning «Metallurglar» madaniyat saroyi ijodiy jamoasining chiqishlari namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali bayramda sportning futbol, taekvando, o‘zbek jang san’ati kabi turlari aks etgan chiqishlar namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali bayramda estradamizning yorqin yulduzlari Melena Matmusayeva, Alisher Fayz hamda Farhod va Shirin kabi xonandalar o‘z ijodlarining eng sara namunalarini bayramga yig‘ilganlar uchun kuylashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali bayramda estradamizning xushovoz xonandasi Imron o‘z ijodining eng sara namunalarini bayramga yig‘ilganlar uchun kuyladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali bayramda O‘zbekiston xalq artistlari Gulsanam Mamazoitova, G‘ulomjon Yoqubov hamda Farrux Zokirovlar o‘z ijodlarining eng sara namunalarini bayramga yig‘ilganlar uchun kuylashdi.

Print Friendly, PDF & Email