Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Yangi 2023-yil arafasida hodimlar farzandlari uchun o’tkazilgan bayram tadbiri

Yangi yil – eng uzoq kutilgan va sevimli bayram. U har doim bolalik, yangi yil archasi, bayramona dasturxon, har xil shirinliklar, do‘stlardan xabar olish va har doim yoqimli his-tuyg‘ular bilan bog‘liq. Albatta, Yangi yil — bu juda maroqli va davom etib kelayotgan an’anadir. Yangi yil bayrami har yili mamlakatimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha zavq, o‘zgacha shavq bilan kutib olinadi.

         Ushbu qadriyatlarni davom ettirgan holda har yili ana’anaviy tarzda universitet hodimlarining farzandlariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida joriy yilning 28-dekabr kuni qiziqarli bayram dasturi ila barchamiz jamlandik.

         Dasturda raqslar, qo‘shiqlar, multfilm qahramonlari ishtirokidagi o‘yinlar, yigit-qizlarlar she’rlar o‘qib, archa atrofida aylanib, raqsga tushishdi. Shuningdek, universitet hodimlarining farzandlari o’zlarining sport chiqishlari va turli raqs ijrolari bilan dillarni hushnud ettilar. Ularning chiqishlari, rangli va yorqin bezatilgan archa bolalarda hayrat uyg’otdi. Bolalar bayramona sarguzasht muhitiga sho’ng’idilar, qiziqarli musobaqalarda qatnashdilar. Bolajonlar ularni katta qiziqish bilan qarshi oldilar.

         Bayram qahramonlari bolajonlarga yanada jo’shqin kayfiyat bag’ishlash va bir jamoa bo’lib birlashishlari uchun tashkil etilgan turli qiziqarli o’yinlarda faol va g’olib bo’lgan bolajonlarni Qorbobo va qorqiz o’zining sovg’alari bilan rag’batlantirib bordilar.

       

Samimiy va qiziqarli o’tgan bayram tadbiri barcha hodim va ularning farzandlari bilan birgalikda 80dan ziyod ishtirokchilarni jalb eta oldi.

         Tadbir so’ngida “Ben va Holly ning kichik qirolligi” nomli multfilim katta maruzalar zalida bolajonlarga namoyish etildi. Bu kabi bayram tadbirlarini uyushitirib bolajonlarimizga oz bo’lsada hush kayfiyat bera oldik degan umiddamiz.

Print Friendly, PDF & Email