«UzAuto Motors»АJ Xorazm viloyati filiali «Navro‘z» bayrami tadbiridan lavhalar.

2023-yil 17-mart kuni filialimizda «Navro‘z» umumxalq  bayramiga bagishlab bayram  tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbirida filialimiz bo‘lim, sexlar, bo‘linma rahbarlari, ishchi-xizmatchilari va  oila a’zolari ishtirok etdilar. «UzAuto Motors»АJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchi direktori  Jumaniyazov Sabir Matkarimovich tadbir qatnashchilarini «Navro‘z» bayrami bilan tabriklab samimiy tilaklarini bildirdilar.

Filialimizda «Navro‘z» umumxalq bayramiga bag‘ishlab korxona mehmonxona xududida korxona  xodimlari oila a’zolar uchun  bayram sayli o‘tkazildi. Bayram saylida Pitnak shahridagi 6-son  musiqa va  san’at maktabi tarbiyalanuvchilari ijrosida musiqiy sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi va ishchi-xizmatchilarning farzandlari uchun sirk tomoshalari namoyish qilindi. Shuningdek bayram saylida xodimlarimizning farzandlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Family Day” tadbir g‘oliblari korxona hisobidan esdalik sovg‘alari  bilan taqdirlandi.

Bayram munosabati bilan ishchi xizmatchilarimiz «Navro‘z» bayramining asosiy taomlaridan  sumalak taomini tayyorlashdi.

«Navro‘z» umumxalq bayramiga bag‘ishlab Korxona ma’muriyati,Kasaba uyushma qo‘mitasi va «Yoshlar ittifoqi» boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan bo‘lim,bo‘linma  va  sex sport  jamoalari  o‘rtasida  sportning, arqon tortish, tosh ko‘tarish, shaxmat, shashka, yugurish,, turnik tortinish,stol tennisi va ayollar o‘rtasida yugurish, shashka, disk uloqtirish  turlari bo‘yicha  sport musobaqasi o‘tkazildi.

Sport musobaqasi g‘oliblari va xakamlar kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Filial bosh direktori S.M.Jumaniyazov, Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi  K.R.Ibadullayevlar sport  musobaqasi xakamlariga va g‘oliblariga  qimmatbaho sovg‘alarni topshirdilar.

Print Friendly, PDF & Email