Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) 28 aprel sanasini Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni deb e’lon qildi.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar o‘rtasida o‘tkazilgan “TMZda muvaffaqiyat va xavfsizlik” intellektual tanlovi Korxonada shikastlanishlar, kasbiy kasalliklarning rivojlanishi va nohush hodisalar sonini kamaytirishga qaratilgan bilimlarni mustahkamlashdi. Mehnat bayramiga bag‘ishlangan bolalar rasmlari ijodiy tanlovi esa TMZ xodimlari farzandlarining iqtidorini yorqin namoyon etdi.

Bugun tantanali ruhda o’tgan tadbirda tanlov g‘oliblari – mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar guvohnoma, Fahriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Korxona rahbariyati ishtirokchilarni bilimlar sinovining a’lo darajadagi natijalari bilan tabriklashdi va shu erishgan muvaffaqiyat bilan cheklanib qolmasliklarini tilashdi. TMZ bolalari ham e’tibordan chetda qolmadi, yosh rassomlar ota-onalari orqali bundan keyin ham ijodiy muvaffaqiyatlar tilagi bilan Maqtov yorliqlar va sovg’alarni qabul qilib olishdi.

Print Friendly, PDF & Email