“Zakovat” intellektual o‘yini – Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi

Toshkent Turin Politexnika Universitetida “Zakovat” intellektual o‘yinining Toshkent shahar bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada turli korxona va tashkilotlar jamoalari faol ishtirok etib, o‘zlarining bilim va mantiqiy fikrlash salohiyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida eng kuchli jamoalar aniqlandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni Toshkent Turin Politexnika Universitetining yosh xodimlaridan iborat jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoa ushbu natija orqali tarmoqning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Tadbirda ishtirok etgan barcha jamoalarga faol qatnashgani uchun samimiy minnatdorlik bildiriladi.
Bunday intellektual musobaqalar jamoalarda bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 
 
Print Friendly, PDF & Email