🌍 Dam olish va jamoaviy muhitni mustahkamlash yo‘lida: “UzAuto-INZI” xodimlari Samarqandga sayohat qildi.

“UzAuto-INZI” korxonasi xodimlari uchun tarixiy va betakror maskanlardan biri bo‘lgan Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Mazkur tashabbus xodimlarga kundalik ish jarayonidan chalg‘ib, maroqli dam olish, o‘zaro muloqotni mustahkamlash hamda jamoaviy muhitni yanada yaxshilash imkonini berdi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi va Go‘ri Amir maqbarasi kabi mashhur tarixiy obidalar hamda ziyoratgohlarga tashrif buyurdilar. Bu esa ularga yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosini yaqindan his etish imkonini berdi.
Shuningdek, bunday sayohatlar nafaqat xodimlarning dam olishini ta’minlash, balki ichki turizmni rivojlantirish, xususan ziyorat turizmini qo‘llab-quvvatlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, korxona tomonidan amalga oshirilayotgan bunday ijtimoiy tashabbuslar xodimlarning kayfiyatini ko‘tarish, ularning ish samaradorligini oshirish hamda jamoada ijobiy muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email