Keksalarga izzat-ikrom koʻrsatish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biri boʻlib, shu sababli ham ulugʻ maqsadlar yoʻlidagi saʼy-harakatlarimizni ularning maslahati va duolari bilan boshlaymiz.
Har bir ishda nuroniylarimizning boy hayotiy tajribalariga tayanamiz. Mana shu azaliy anʼana, olijanob fazilat bugun davlatimiz siyosatida ham oʻzining yorqin ifodasini topmoqda.
Institut xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriy professor-oʻqituvchilar hamda ishchi xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida ularning hayot yoʻllari, erishgan yutuqlari xususida soʻz yuritilib, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikning qadriga yetish kerakligi aytildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: