11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami oldidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev viloyatdagi yirik ishlab chiqarish obyektlarida bo‘lib, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqda.
Xususan, Kengash raisi bugun Farg‘ona shahridagi «Tapo-disk» qo‘shma korxonasida bo‘lib, korxona rahbari va xodimlar bilan suhbatlashdi.
Suhbat avvalida barchani O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlariga omadlar tilandi.
Shuningdek, ish beruvchi bilan xodimlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish va bunda kasaba uyushmasi ham yelkadosh ekanligi ta’kidlandi.
Shu kuni bir guruh xodimlarga kasaba uyushmasining bayram sovg‘alari topshirildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: