“Inson qadri uchun, el yurt baxti uchun”!

11- noyabr “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand, Jizzax viloyat kengashi tomonidan “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” MCHJ QK” (MAN zavodi)da ish beruvchi, kasaba uyushmalari va ishchi hodimlar bilan “Inson qadri uchun, el yurt baxti uchun” shiori ostida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda, Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand, Jizzax viloyat Kengashi raisi Mirzayev Olimxon Absamatovich, kengash apparati xodimlari, korxona maʼmuriyati, kasaba uyushma qoʻmitasi raisi va aʼzolari, hamda 250 nafarga yaqin ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda, hozirgi kunda yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda yaratib berilayotgan sharoitlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Tadbir davomida kasaba uyushmalari faoliyati hamda ishlab chiqarishga doir amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha soʻz yuritildi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil noyabrdagi “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi 648-sonli Qonuniga muvofiq, ”11-noyabr Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari” kuni sifatida rasmiy belgilangan taʼkidlanib, ushbu sana munosabati bilan “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” MCHJ QK”da mehnat qilayotgan fidoyi, ilgʻor ishchi hodimlar hamda mehnat faxriylari viloyat kengashi va korxona kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbir davomida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” yuzasidan oʻtkazilgan koʻrik-tanlovning Respublika bosqichida faxrli 1-oʻrrinni egallagan “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” MCHJ QK” kasaba uyushma qoʻmitasi Respublika Kengashi diplomi hamda qimmatbaho sovgʻasi bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida korxona ishchi va xodimlari tomonidan bildirilgan istak, taklif va talablar tinglanib, ishtirokchilar tomonidan savollarga javoblar yetarlicha qaytarildi.

Print Friendly, PDF & Email