Andijon davlat texnika institutida O’zbekiston kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yilligi hamda “11-noyabr — O’zbekiston kasaba uyushmalar kuni” munosabati bilan institut professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o’rtasida sport musobaqalari bo’lib o’tdi.
Sportning futbol, voleybol, kamondan otish, harakatli o’yinlar, yengil atletika hamda workout turlari bo’yicha o’tkazilgan, qizg’in va murosasiz kechgan o’yinlarda g’oliblar aniqlandi.
Gʻolib va sovrindorlar institut rektorining diplomi va «Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi»ning qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Professor-oʻqituvchilar va xodimlar sport musobaqalarida bellashdi

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: