Bugun Toshkentda Kasaba uyushmalari kuni va O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kasaba uyushmalari faollari va a’zolariga chuqur hurmat va samimiy tilaklar izhor etilgan bayram tabrigini (https://president.uz/oz/lists/view/8643) o‘qib eshittirdim.
Davlatimiz rahbarining qutlovida Yangi O‘zbekistonda inson hayoti va qadr-qimmati qonun himoyasidaligi, kasaba uyushmalari esa bugungi kunda 8 million kishini birlashtirgan fuqarolik jamiyatining eng ommaviy instituti ekanligi ta’kidlangan.
So‘nggi besh yil ichida kasaba uyushmalari fuqarolarning ijtimoiy va mehnat huquqlarini himoya qilishda sezilarli yutuqlarga erishdi. Besh yuz ming nafar xodimning huquqlari tiklandi, korxonalarda 20 mingta jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazildi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi 21 mingdan ortiq kamchilik bartaraf etildi, 1 millionga yaqin xodim va ularning oila a’zolari sanatoriylarda sog‘lomlashtirildi, 800 ming nafar bola uchun yozgi dam olish tashkil etildi.
Xalqaro hamkorlik faol rivojlanmoqda: Kasaba uyushmalari federatsiyasi o‘nga yaqin global va mintaqaviy tashkilotlarga a’zo bo‘ldi.
Prezidentimiz tabrigida kasaba uyushmalari faollari ijtimoiy adolatni mustahkamlash, odamlarning turmush sifatini yaxshilash va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilishga bundan buyon ham munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirildi.
Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, hurmatli kasaba uyushmalari vakillari!

Print Friendly, PDF & Email