“Mehnat muhofazasi haftaligi” doirasida onlayn ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

2026-yil 27-aprel – 1-may kunlari “28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialida “Mehnat muhofazasi haftaligi” doirasida xodimlar o‘rtasida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha onlayn ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat madaniyatini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etgan 50 nafar ishchi-xizmatchilar kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tadbir barcha ishtirokchilarda mehnat xavfsizligiga bo‘lgan mas’uliyatni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Print Friendly, PDF & Email