Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida o‘quv yili yakunlari hamda “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ta’lim, sport, jamoat ishlari hamda universitet hayotidagi faolligi bilan ajralib turgan eng sara talabalar va xodimlar munosib e’tirof etildi.
Tadbir doirasida bir qator iqtidorli va faol talabalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan taqdim etilgan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, tantanali marosimda turli yo‘nalishlarda faol ishtirok etib kelayotgan talabalar ham rag‘batlantirildi hamda ularning universitet rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida ta’kidlandi.
30-iyun – Yoshlar kuni!

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: