Bobur nomi mangu barhayot

Andijonim qoldi mening…

Padarimni yutib ketgan jarda jonim qoldi mening,
Qalbim torin chertib ketgan yorda jonim qoldi mening,
Qalam birlan shamshir tutgan yerda jonim qoldi mening,
Shabboblikda shabgir etgan anda jonim qoldi mening,
Anda jonim olib qolgʻan Andijonim qoldi mening…

Nodirimsan, Andijonni qalbim hargiz tark etmayin,
Habibimsan, Andijonni yodin hargiz tark etmayin,
Ilhomimsan, Andijonni kim hargiz tark etmayin,
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening,
Anda jonim qolib ketgan Andijonim qoldi mening…

Bogʻishamol nasimiga kuygan dilim zor aylabon,
Riyolikni rafiq bilgan raqiblar ozor aylabon,
Diyorimda muqimlikni zamonam dushvor aylabon,
Furqatiga eʼtimodim afgʻonga izhor aylabon,
Farzandini mehmon etgan Andijonim qoldi mening.

Boburingman, fatvo bergan yurtim hargiz tark etmayin,
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening…
Zahiriddin Muhammad Bobur.

Print Friendly, PDF & Email