Farg‘onada “Butunjaxon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2003 yildan buyon 28 aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” sifatida nishonlab kelinadi.
Bundan maqsad, ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishining oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirishdan iboratdir.

Bizning davlatimizda ham xodimlar (har bir shaxs) xavfsiz va qulay, adolatli mehnat sharoitlarida ishlashlarining huquqiy asosi sifatida amaldagi Konstitutsiyamizning 42-moddasida mustahkamlanib qo‘yilgan.
Sana munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab “Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ta’siri” shiori ostidagi davra suxbati va “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi g‘oliblarini hamda viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Bu mening mehnatim muhofazasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev va Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining o‘rinbosari Saidmurod To‘xtayevlar tashkilotlarda mehnat muhofazasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar. Shuning tanlov g‘oliblarini tabriklab, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Marhamat, «Bu mening mehnatim muhofazasi» ko‘rik tanlovi g‘oliblari bilan tanishing

Oltinoy Umurzaqova,

viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi bosh hamshirasi,

Behzodjon Fayziev,

Furqat tumanidagi 23-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi,

Muslimbek Akbarov,

Avtooyna MChJ хodimi,

Sarvarjon Tursunov,

“VODIY” telekanali хodimi,

Elyorjon Mamajonov,

Farg’ona IEM хodimi,

Shoxijahon Ho’jamatov,
“Haydarbuvo ko’hna diyori” kooperativi хodimi,

Hayotxon Xomidova,

Farg‘ona shahar 6-maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi.

Print Friendly, PDF & Email