O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbiri.

O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirini O‘zbekiston Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari Kasaba uyushmalari Respublika Kengashi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Ahmadjon Haqulov nutq so‘zi bilan ochib, Kengash nomidan kombinatimizning ishlab chiqarishida o‘z vazifalarini sidqidildan bajarayotgan bir qator hamkasblarimizni «Tashakkurnoma» hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.Bayram tadbirida «O‘zmetkombinat» AJ boshqaruv raisi – bosh direktor Rashid Pirmatov, Bekobod shahar hokimi Nasrullo Boboyev hamda kombinat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ibrohim Qodirovlar so‘zga chiqib, metallurglarimizni kasb bayrami bilan tabriklab, o‘zlarining eng ezgu va samimiy tilaklarini bildirdilar.

Bayram tadbiri davomida kombinatimizda uzoq yillardan buyon xizmat qilib kelayotgan bir qator metallurglar barchaga namuna bo‘layotgan samarali mehnat faoliyatlari, kombinatimiz ravnaqiga, erishilayotgan yutuqlarga qo‘shayotgan munosib hissalari uchun yuksak qadrlanib, kombinat rahbariyati va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan «Tashakkurnoma» hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi

Print Friendly, PDF & Email