O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni.

O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan kombinatimizning tarkibiy bo‘linmalarida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘tkazilayotgan bayram tadbirlarining navbatdagisi Elektrda po‘lat eritish sexi hovlisida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Transformatsiya bo‘yicha boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari — rivojlanish bo‘yicha direktor Sanjar Madiyarov hamda kombinat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ibrohim Qodirovlar so‘zga chiqib, metallurglarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.

Bayram tadbirida kombinatimizning turli tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan bir guruh ilg‘or ishchi-xodimlarga «Tashakkurnoma» hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida Metallurglar madaniyat saroyining ijodiy jamoasi tomonidan bayramona kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

«Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni» munosabati bilan Elektrda po‘lat eritish sexi hovlisida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirining taqdirlash marosimi

«Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni» munosabati bilan Elektrda po‘lat eritish sexi hovlisida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirining taqdirlash marosimi

Print Friendly, PDF & Email