TALABALARIMIZ, DUNYONING TOP 5 DA TURUVCHI SHAXMATCHILARDAN MASTER-KLASS.

Joriy yilning 22-aprel kuni TTPUning 17 yilligi munosabati bilan Universitetimiz talabalari, dunyoning TOP-5 shaxmatchilari qatorida turuvchi xalqaro grossmeysterlar — Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov ishtirokida shaxmat bo‘yicha master-klass bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Universitet rektori O.To‘ychiyev ochib berib, talabalarimizni yaqinda bo‘lib o‘tgan nufuzli turnirlardagi tarixiy yutuqlari bilan muborakbod etdi. Shuningdek, O.To‘ychiyev ular nafaqat universitetimiz, balki mamlakatimizning intellektual salohiyatini dunyoga namoyon etayotganini ta’kidlab, talabalarimizga “The Best Student” statuetkasi hamda ota-onalariga tashakkurnoma topshirdi. Bu e’tirof jahon darajasidagi natijalarni qayd etayotgan qahramon yoshlarimizga bo‘lgan yuksak hurmat namunasidir.
Shundan so‘ng, chess.com platformasida yuqori reytingga ega bo‘lgan talabalar uchun grossmeysterlarimiz o‘z mahorat sirlari bilan bo‘lishishdi.
Ushbu uchrashuv barcha ishtirokchilar uchun chinakam motivatsiya manbaiga aylandi.

Print Friendly, PDF & Email