Toshkent Turin Politexnika Universiteti 15 yilligi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talaba va professor-o‘qituvchilar jamoalari o‘rtasida an’anaviy o‘tkazib kelinadigan “Osh contest” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Italiyalik professor-o’qituvchilar ham qatnashib, milliy taomimiz bo’lmish palovni tayyorlash usullari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’ldilar.

Universitetimizda har oyning oxirgi haftasida o’tkaziladigan Milliy liboslar haftaligi doirasida ishtirokchilarning jozibador o’zbek milliy liboslarida qatnashishlari bayramga o’zgacha kayfiyat bag’ishladi.

Tanlov yakuniy natijalari quyidagicha:
1 – o‘rin “Uzauto” jamoasi
2 – o‘rin “ME-20” jamoasi
3 – o‘rin “Xalal” jamoasi

G‘olb bo‘lgan jamoalarni tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!

Print Friendly, PDF & Email