«UzAuto Motors»АJ Xorazm viloyati filiali «14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni» bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirlar.

    «UzAuto Motors»AJ Xorazm viloyati filialida «14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni» bayramiga bag`ishlab Korxona rahbariyati, Kasaba uyushma qo`mitasi va «Yoshlar ittifoqi» boshlang`ich tashkiloti tashabbusi bilan  “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialida ishchi-xodimlar o`rtasida harbiy xizmat paytlarini eslab estalik fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylash unga post qoldirish bo`yicha chellenj o`tkazildi. Chellenj shartlariga ko`ra ijtimoiy tarmoqlarga  joylangan  eng  yaxshi  3 ta post egalari aniqlanishi kerak edi. Ushbu chellenjda 74 nafar ishchi xodim o`zining harbiy xizmat paytlaridagi estalik fotosuratlarini joylashtirdi. Har bir joylangan post maxsus komissiya tomonidan tekshirilib eng yaxshi 3ta post egasi saralab olindi. Eng yaxshi 3 ta post egalari Kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandilar. Chellenj g`oliblarini “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchi direktori v.v.b B.Quryazov va Kasaba uyushmasi qomitasi raisi Q.Ibodullayev g`olib bo`lganliklari bilan tabriklab Kasaba uyushmasi qomitasi tomonidan qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlashdi.

Print Friendly, PDF & Email