Turin politexnika universitetida kasaba uyushmalari kuni keng nishonlandi.

11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan universitet xodimlari uchun bayram tadbiri va sport musobaqalari tashkil etildi.

Tadbirni Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F. Nabihanova ochib, xodimlarni ushbu sana bilan samimiy tabrikladi hamda kasaba uyushmalarining jamoa hayotidagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Bayram dasturi doirasida xodimlar shaxmat, stol tennisi va «Zakovat»
intellektual o‘yini bo‘yicha bellashib, o‘zlarining sport mahorati, bilim va zukkoliklarini namoyon etdilar.

Musobaqalar yakunida g‘oliblar universitet birinchi prorektori A. Ashurov hamda dekan J. Karimov tomonidan munosib taqdirlandi.
Mazkur bayram tadbiri universitet jamoasi a’zolari o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, o‘zaro do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

Print Friendly, PDF & Email