“Turk Traktor” fabrikasida amaliy seminar tashkil etildi.

Turkiyaning Anqara shahrida davom etayotgan o‘quv mashg‘ulotlari doirasida kasaba uyushmasi faollari uchun “Turk Traktor” fabrikasida amaliy seminar tashkil etildi.
Tashrif davomida ishtirokchilar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, mehnat sharoitlari, mehnat muhofazasi tizimi hamda xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi tajribasi bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, amaliy seminar jarayonida o‘zaro tajriba almashilib, kasaba uyushmasi va ish beruvchi o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik, samarali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif kasaba uyushmasi faollarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini boyitish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ularni kelgusidagi faoliyatda qo‘llash uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
Amaliy tajriba — samarali faoliyat garovi!

Print Friendly, PDF & Email