Turkiyaning Anqara shahrida metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmasi faollari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlaridan asosiy maqsad — kasaba uyushmasi faollarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ularning faoliyat samaradorligini yanada kuchaytirish hamda xodimlarning mehnat huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi bilimlarini mustahkamlashdan iborat.
Mashg‘ulotlar davomida kasaba uyushmalarining asosiy vazifalari, mehnat munosabatlarini tartibga solish, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, jamoa shartnomalari ijrosini ta’minlash hamda xodimlar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, kasaba uyushmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va samarali ish uslublarini rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirmoqdalar.
Bunday xalqaro o‘quv mashg‘ulotlari kasaba uyushmasi faollarining bilim va salohiyatini oshirish, yetakchilik ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda sanoat tarmoqlari xodimlarining huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Anqarada kasaba uyushmasi faollari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: