«ZAKOVAT» ENDI YOSH ISHCHI-XODIMLAR O‘RTASIDA

Ishchi-xodimlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, mehnatga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish hamda ularning malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan «Zakovat» intellektual o‘yinining viloyat bosqichi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyat kengashining kutubxonasida yuqori saviyada tashkil etildi.
O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari tasarrufidagi korxona va tashkilotlar yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan ushbu musobaqaning viloyat bosqichida 10 ta jamoa faollik bilan ishtirok etishdi.

Print Friendly, PDF & Email