“UzAuto Inzi” MCHJda “UzAutoSanoat” AJ hamda Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi mutaxassislari hamkorligida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha monitoring o‘tkazildi.
O‘rganish davomida korxonada mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, avtomatik himoya tizimlarining sozligi, ish o‘rinlarining attestatsiyadan o‘tkazilishi hamda xavflarni baholash holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, xodimlarning maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligi, xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazilishi, tegishli hujjatlarning yuritilishi hamda ishlab chiqarish sexlaridagi sanitariya-gigiyena, shamollatish va yoritish sharoitlari o‘rganildi.
Monitoring yakunida ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va jarohatlanishlarning oldini olish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan korxona mas’ullariga amaliy, huquqiy va uslubiy tavsiyalar berildi.
Monitoringning asosiy maqsadi — xodimlar salomatligini muhofaza qilish va ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat muhitini ta’minlashdan iborat.
“UzAuto Inzi” MCHJda mehnat muhofazasi holati o‘rganildi.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: