“UzAuto Motors Powertrain” AJda Metallurgiya va mashinasozlik sanoati kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda “UzAutoSanoat” AJ mutaxassislari hamkorligida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha navbatdagi monitoring ishlari o‘tkazildi.
O‘rganish davomida ishlab chiqarish jarayonlarida xodimlar xavfsizligini ta’minlash, texnologik uskunalardagi himoya tizimlarining sozligi, ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari va xavflarni baholash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xodimlarning maxsus kiyim-bosh va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligi, texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, tegishli hujjat va jurnallarning yuritilishi hamda ishlab chiqarish hududlaridagi sanitariya-gigiyena sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Monitoring yakunida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan korxona mas’ullariga amaliy, huquqiy va uslubiy tavsiyalar berildi.
Mazkur hamkorlikdagi o‘rganishlarning asosiy maqsadi — ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat muhitini yaratish, xodimlar hayoti va salomatligini ishonchli himoya qilishdan iborat.
“UzAuto Motors Powertrain” АЖда меҳнат муҳофазаси ва хавфсизлик ҳолати ўрганилди.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: