“Yangi O‘zbekiston ovozlari” ko‘rik-tanlovida “O‘zmetkombinat” vakillari g‘olib bo‘ldi.

Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston ovozlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda “O‘zmetmashsanoat” tarmog‘iga qarashli “O‘zmetkombinat” AJning uch nafar vakili faol ishtirok etib, o‘z iste’dodi va mahoratini namoyon etdi.
Quvonarlisi, korxona vakillaridan ikki nafari tanlovda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, yuqori natijaga erishdi.
Ushbu muvaffaqiyat korxona xodimlari orasida iste’dodli, ijodkor va faol yoshlar hamda san’at ixlosmandlari ko‘pligidan dalolat beradi.
Tanlov g‘oliblarini samimiy muborakbod etib, ularga kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va yuksak marralar tilaymiz!

Print Friendly, PDF & Email